Putin Ukraina bilan gaplashishga tayyorligini aytdi; Qozogʻiston ket, Qirgʻiziston esa borma, dedi – yangiliklar

putin

Сурат манбаси, Reuters

Published
Ўқилиш вақти: 4 дақ

Vladimir Putin Rossiya 2022-yil bahorida Istanbulda erishilgan kelishuv asosida Ukraina bilan muzokaralarga qayta kirishishga tayyor ekanini bildirdi.

Vladivostokda oʻtgan Sharqiy iqtisodiy forumda qatnashgan Putin Rossiya "hech qachon muzokaralardan bosh tortmagani" haqida gapirgan.

"Ular bilan muzokaraga kirishishga tayyormizmi? Biz bundan hech qachon bosh tortmaganmiz ham — faqat qandaydir hayoliy talablar emas, balki Istanbulda kelishilgan va amalda tasdiqlangan hujjatlar asosida", taʼkidlagan Rossiya prezidenti.

Uning qayd etishicha, ikki yil avval Turkiyada tinchlik sulhining deyarli barcha taraflari kelishib olingan, ammo "keyin vaziyatga Britaniya aralashib, ukrainlar boshqa yoʻldan ketgan".

Rossiya prezidenti Xitoy, Hindiston va Braziliya ehtimoliy tinchlik jarayonida vositachi oʻlaroq ishtirok etishi mumkinligiga ishora qilgan.

Ukrain qoʻshinlari Kursk viloyatiga bostirib kirgandan soʻng Putin doxil qator rossiyalik siyosatchilar Ukraina bilan muzokaralarga kirishish yaqin istiqbolda kuzatilmasligini taʼkidlagan edi.

"Orqa-ketiga qaramay, tinch fuqarolar, fuqarolik obyektlariga zarba berayotgan yoki yadro energetikasi uchun tahdid yaratishga urinayotgan odamlar bilan muzokaraga kirishish haqida qanday gap boʻlishi mumkin? Umuman, ular bilan nimani gaplashish mumkin oʻzi?", degan edi Putin 12-avgust kuni.

Rossiya prezidenti tinchlik sulhi boʻyicha oʻz talablarini iyun oyi oʻrtasida maʼlum qilgan edi.

Putinning xohishiga koʻra, Kiyev neytral va yadrodan holi maqomga ega boʻlishi, siyosiy bloklarga qoʻshilmasligi hamda bosib olingan Xerson, Zaporojsk, Donetsk va Lugansk viloyatlarini Rossiya yeri, deb tan olishi lozim.

Bir vaqtning oʻzida, Rossiya prezidenti Gʻarbdan Rossiyaga qarshi qoʻyilgan barcha sanksiyalarni yechishni ham talab qilgan.

Oʻshanda, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putinning bu talablarini ultimatum, deb atagan edi.

Kiyev Ukraina hududidan barcha rus qoʻshinlari chiqib ketishi va chegaralar 1991-yildagi holatga qaytarilishi, shuningdek, Rossiya Qrimdan voz kechishini talab qilib keladi.

Ukraina uchun yangi yordam

ostin

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи, Germaniyadagi NATO aviabazasida oʻtgan yigʻinda AQSh mudofaa vaziri Llyod Ostin prezident Jo Bayden juma Ukrainaga $250 million miqdoridagi navbatdagi yordam paketini ajratilishini eʼlon qilishini maʼlum etgan.

6-sentyabr kuni Volodimir Zelenskiy Germaniyadagi Ramshtayn harbiy bazasiga borgani haqida xabar bergan.

"Men Ramshtayn harbiy aviabazasiga Ukraina mudofaasi masalasi boʻyicha kontakt guruh yigʻinida ishtirok etish uchun keldim", deyiladi Ukraina prezidenti Telegramdagi kanalida qoldirgan xabarida.

AQSh mudofaa vaziri Llyod Ostin ham ishtirok etgan Ramshtayndagi yigʻinda Zelenskiy Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida 100 ta aholi punktini oʻz ichiga olgan 1,3 ming kvadrat kilometrdan ziyod hududni nazorat qilib turgani haqida gapirgan.

Shuningdek, u goʻyoki Rossiya Kursk viloyatidan Ukrainaning Sumsk viloyatiga hujum qilishga tayyorlanganini tilga olgan.

"Roppa-rosa bir oy avval Rossiyaning Kursk viloyatida amaliyot boshlagan edik. Shu chegara hududidan turib Putin ukrain yerlarida urushni kengaytirishga tayyorlangandi. U Sumi shahrimizga yangi hujum boshlashga tayyorlanayotgandi. Biz oʻyinni oʻzgartirib yubordik va kontr-hujumimiz yordamida urushni Rossiya hududiga olib kirdik", degan Zelenskiy NATO mudofaa vazirlari yigʻilishida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumda qilgan chiqishida Kursk viloyatidagi vaziyat barqarorlashgani va ukrain qoʻshinlari bosqichma-bosqich Rossiya hududidan siqib chiqarilayotganini daʼvo qilgan.

Germaniyadagi NATO aviabazasida oʻtgan yigʻinda AQSh mudofaa vaziri Llyod Ostin prezident Jo Bayden juma Ukrainaga $250 million miqdoridagi navbatdagi yordam paketini ajratilishini eʼlon qilishini maʼlum etgan.

Biroq amerikalik vazir yangi yordam paketiga nimalar kirishini ochiqlamagan.

Elchixonalar chaqirigʻi

Qozogʻistonning Ukrainadagi elchixonasi qozoq fuqarolariga Ukrainan hududini tark etishni tavsiya qilgan.

Elchixona bu tavsiya sababini "taranglashayotgan vaziyat va xavfsizlik maqsadi" bilan izohlagan.

Elchixonaning chaqirigʻi Rossiya bir qator ukrain shaharlarini raketalar va kamikadze-dronlar yordamida nishonga tutgani ortidan chiqqan.

Qozogʻiston elchixonasi fuqarolarni havo hujumidan ogohlantiruv signaliga beeʼtibor boʻlmaslik va Ukraina rasmiylarining xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tavsiyalariga amal qilishga chaqirgan.

Bir vaqtning oʻzida, Qirgʻizistonning Rossiyadagi elchixonasi mamlakat fuqarolarini vaqtincha Rossiyaga kelishdan tiyilishga chaqirgan.

Elchixona bu chaqiriq sababini xavfsizlikni taʼminlash yoʻlida Rossiyada joriy qilingan qoʻshimcha chora-tadbirlar va Rossiya davlat chegarasidagi kuchaytirilgan rejim bilan izohlagan.

Mart oyida yuz bergan "Krokus Siti Holl" terakti ortidan Rossiyada migrantlarga qarshi munosabat sovuqlashgani kuzatilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, koʻplab qirgʻizistonliklar Rossiyaga ishlash uchun boradi - 2023-yilda Rossiyaga 560 mingdan ziyodroq migrant ishlash uchun borgan, roʻyxatning boshini, mos ravishda, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari egallagan edi.

5-sentyabr

Putin: Rossiya Kurskdan Ukraina qo'shinlarini "asta-sekin siqib chiqarmoqda", Donbassdagi hujumlarini keskin tezlashtirdi

Putin

Сурат манбаси, Reuters

Vladimir Putin Ukraina Kurskka yirik qo'shin tashlab, Donbassda Rossiya uchun yengillik yaratganini aytdi. Ukraina Tashqi ishlar vaziri Kuleba va boshqalar iste'fosi nimani anglatadi?

Putin: Rossiya Kurskdan Ukraina qo'shinlarini "asta-sekin siqib chiqarmoqda", Donbassdagi hujumlarini keskin tezlashtirdi

Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumi tufayli Rossiya qo'shinlari Donbassdagi hujumlarini kuchaytirdi, deydi prezident Vladimir Putin Ukrainaning Rossiya hududiga bostirib kirishi boshlanganidan bir oy o'tib.

Aloqador mavzular:

"Dushmanning maqsadi bizni asabiylashtirish, shoshtirish va qo'shinlarni bir hududdan ikkinchi hududga ko'chirish edi", dedi Putin Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda.

Unga ko'ra, Ukraina qurolli kuchlari Donbassdagi hujumni to'xtatishga umid qilgan, biroq "dushman qo'lidan hech narsa kelmadi".

Putinning ta'kidlashicha, bosqin boshlanganidan bir oy o'tgach, rus harbiylari Kursk viloyatida "vaziyatni barqarorlashtirgan" va Ukraina Qurolli kuchlarini Rossiya hududidan "asta-sekin siqib chiqara boshlagan".

iqtibos

Uning so'zlariga ko'ra, Kursk viloyatiga hujumda Ukraina Qurolli kuchlarining "yirik va yaxshi tayyorgarlikdan o'tgan" bo'linmalari ishtirok etmoqda, shu sababli Donbassda "dushman asosiy yo'nalishlarda o'zini zaiflashtirdi".

Rossiya qo'shinlari Ukraina sharqida hujumlarini tezlashtirdi, dedi Putin: "Uzoq vaqtdan beri bunday hududiy yutuqlar bo'lmagan edi".

Uning aytishicha, Ukrainaning bosib olingan hududlari "kvadrat kilometrlarda o'lchanadi", "dushman ham tirik jon, ham texnikada juda katta yo'qotishlarga uchramoqda", bu esa "frontning yemirilishi" va Ukraina Qurolli Kuchlarining jangovar qobiliyatining yo'qolishiga olib keladi.

"Maqsadimiz ham shu", degan Putin.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri iste'foga chiqarildi

Dmitriy Kuleba iste'foga chiqarildi

Сурат манбаси, NurPhoto via Getty Images

Сурат тагсўзи, Dmitriy Kuleba iste'foga chiqarildi

Ukraina Oliy Radasi Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebani iste'foga chiqarish uchun ovoz berdi.

Kuleba boshqa ayrim vazirlar va Bosh vazir o'rinbosarlar kabi o'z iste'fosi to'g'risidagi arizani bu hafta boshida Ukraina parlamentiga taqdim etgandi.

Chorshanba kuni Oliy Rada bu masala bo'yicha ovoz berishga ulgurmay, yig'ilishni yopgan edi.

"RBK-Ukraina"ning ma'lumotiga ko'ra, Kulebani Bryusselga yuborishlari mumkin.

U yerda Ukraina YEI va NATOdagi vakilliklaridan tashqari, Ukraina elchixonasi ham mavjud.

Ukrainadagi o'zgarishlar qanchalik muhim?

Bi-bi-si tahlilchisi Svyatoslav Xomenkoning izohi:

Agar hukumatning mamlakatdagi vaziyatga ta'sir ko'rsatish darajasi chegaralangan bo'lsa, undagi o'zgarishlardan xavotirlanishning nima ahamiyati bor. Ochiq bo'laylik, Rossiyaning keng miqyosli bosqini tabiiy ravishda Ukrainaning super-prezidentlik respublikasiga aylanishiga olib keldi, unda haqiqiy hukumat funksiyalarini prezident devoni bajaradi. Shu bois Volodimir Zelenskiyning kechagi murojaatidagi "Ukraina davlat institutlariga yangi kuch berish" chaqirig'i, albatta, yaxshi, ammo Vazirlar Mahkamasining kuchini ham ortiqcha baholamaslik kerak. Rossiya boshlagan urush fronti va front ortidagi yangiliklar fonida, bugungi kunda Kiyev oldida turgan muammolar qarshisida, hukumatdagi iste'folar haqidagi yangiliklar Ukraina gazetalarining birinchi sahifalariga chiqadigan darajada muhim emas.

Mongoliya nima uchun Putinni Xalqaro sudga ushlab bermadi?

Yevropaning yirik Politico nashriga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan Mongoliya hukumati mas'uli buni Mongoliyaning Rossiyaga qaramligi bilan izohlagan.

Rasmiyga ko'ra, Mongoliyaning Rossiyadan energetika masalasida qaramligi Putinning qo'liga kishan solib, xalqaro sudga topshirishga to'sqinlik qilgan.

"Mongoliya o'zining 95 foiz yonilg'i mahsulotlarini va 20% elektr energiyasini yaqin qo'shnisidan import qiladi. Ular avvalroq texnik sabalarga ko'ra uzilib qolgandi. Bu ta'minot bizning va xalqimizning mavjudligini ta'minlashda o'ta muhim", degan u.

Telegram каналимиз: https://t.me/bbcuzbek

BBCUZBEK.COM билан Telegram орқали +44 7858860002 номери билан боғланинг.